KARAKOZOVA SAYDE EMIROVNA

KARAKOZOVA SAYDE EMIROVNA (1950.8.3, Samarqand) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUni tugatgan (1972). 1972 y.dan Samarqand tumanidagi 57-maktabda matematika o’qituvchisi. Karakozova darsda ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanadi, darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tadi.