Karantin
Karantin — 1) yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun ko’riladigan vaqtinchalik ma’muгiysanitariya tadbirlar majmui. Karantin e’lon qilingan joylarga kirish-chiqish qat’iyan mаn qilinadi yoki cheklanadi. Hayvonlarni olib kirish, u yerdan olib chiqish taqiqlanadi; 2) yuqumli kasalliklar tarqalgan joylardan kelayotgan odamlar, mashina уа kemalar, tovarlarni tekshiruvchi sanitariya punkti.