Karbalo
Karbalo — Irokdagi shahar. Kar- balo muhofazasining ma’muriy markazi. Furot daryosi vodiysida, Bag’dod sh.dan 85 km Jan.-g’arbda. Axrlisi 200 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Saudiya Arabistoni (Makka, Madina va b. shaharlar)ga boriladigan avtomobil yo’llari ustidagi yirik savdo (xurmo, g’alla) va transport punkti. T.y. Stan- tsiyasi. G’isht z-Di, meva konserva z-Di va b. korxonalar bor. Hunarmandchilik rivojlangan.Ali ibn Abu Tolibning o’g’li Husayn ibn Ali shahar yaqinida 680 y.dagi xokimiyat uchun bo’lgan jang- da halok bo’lgan, K.da dafn qilingan va keyinchalik masjid-maqbara qurilib, shialik mazhabidagi musulmonlar- ning ziyoratgohiga aylangan. Har yili Muharram oyida K.da motam marosimi o’tkaziladi. Diniy marosim buyumlari b-n savdo qilinadi. K.da Ozarbayjon mumtoz shoiri Fuzuliy tug’ilgan. Shahar 7-a.da bunyod etilgan.