Karbanionlar
Karbanionlar — tarkibida manfiy zaryadlangan 3 valentli (shartli ravishda) uglerod atomi bor organik anionlar. Karbanionlarga SN2=SN — C~H2, SN(SOOS2N5)2 va boshqa misol bo’la oladi. Kimyoviy reaktsiyalarga shiddatli ravishda kirishadi va shu sababdan juda beqaror. Organik moddalar o’rtasida ro’y beradigan talaygina reaktsiyalarda oraliq mahsulotlar (zarrachalar) tarzida ham hosil bo’ladi. Karbanionlar asosida fazalararo kataliz sharoitida o’tkaziladigan kimyoviy reaktsiyalar muhim ahamiyatga ega.