Kardanli uzatma

Kardanli uzatma — Vallari bir-biriga nisbatan parallel yoki o’zgaruvchan burchak ostida joylashgan, yetakchi valdan yetaklanuvchi valga aylanma harakat uzatadigan qurilma. Italiyalik olim J.Kardano nomi bilan atalgan. Kardanli uzatma kardan val va uning uchlariga mahkamlangan kardanli mexanizmlardan iborat. Asosan, avtomobillar, traktorlarda shuningdek, aylantirish momenti yetakchi ko’prikdagi bosh uzatmaga uzatmalar qutisi yoki tarqatish qutisidan uzatiladigan boshqa transport mashinalarda qo’llaniladi.