Karfagen

Karfagen (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.AV. 825 y.da barpo qilingan. K. mil. AV. 3-a.ning bo- shiga kelib shim. Afrika, Sisiliya (Si- rakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, O’rta dengiz bo’yidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u b-n Rim o’rtasidagi to’qnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil.AV. 264-146 y.)dagi mag’lubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga ki- ritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. san’ati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.