Kariatida

Kariatida (Yunoncha Karyatides) — Karia (Yunoniston)dagi Artemida ibodatxonasi kohinasi — to’sinli tomlarni ko’tarib turuvchi ayol qiyofasidagi haykal-ustun. Me’morlikda Kariatidadan bezak sifatida foydalanilgan. Kariatidaning Kanefora deb nomlangan xili ham bo’lib, u gul yoki meva bilan to’ldirilgan savatni boshida ko’tarib turuvchi ayolni eslatadi. Qadimgi davr va 17-19-asrlarda Yevropa me’morligida bezak sifatida keng rasm bo’lgan. Ioniy orderidagi ustunlar ayol qiyofasiga o’xshatilgan. Ad.: Voronina V. L., Kariatidi v arxitekture Sredney Azii, M, 1960.