KARIB TILLARI

KARIB TILLARI — indeys tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Taxm. yuzdan ortiq tillarni o’z ichiga oladi. Janubiy Amerikadagi Gayana, Surinam, Frantsiya Gvianasi, Venesuela va qisman Kolumbiya va Braziliya hududlarida tarqalgan. Karib tillarida taxminan 170 ming kishi so’zlashadi (1992). Genetik tasnifi ishlanmagan. Fonologik tizimida undoshlar kam, faqat portlovchi jarangli jarangsiz va sirg’aluvchi jarangsiz undoshlar mavjud. Unli tovushlar katorida cho’ziq burun unlilari va diftonglar bor.