KARIM NEFT-GAZ KONI
KARIM NEFT-GAZ KONI — Qashqadaryo viloyatidagi kon. Mubarak sh.dan 12 km Jan.-g’arbda. Strukturami 1963 y.da aniqlangan. 1965-67 y.larda bir necha burg’i qudug’i kovlangan. Anti- klinal asimmetrik braxiantiklinal-dan iborat bo’lib, shim.-sharqdan Jan.- g’arbga yo’nalgan. Qanotlari yura dav- riga mansub ohaktoshlardan tuzilgan. Mezozoy va kaynozoy erasiga mansub tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lib, me- zozoy erasi jinslari yura va bo’r davri yotqiziqlaridan iborat. Yura davri tog’ jinslari umumiy qalinligi 600 m ga yaqin, kontinental va dengiz sharoitla- rida paydo bo’lgan qumtosh, gil, shag’al, oqish va kulrang ohaktoshlar, tosh tuzi va angidritlardan tashkil topgan. Bo’r davri jinslarining umumiy qalinligi 1500-1600 m. Dengiz sharoitida pay- do bo’lgan paleogen davri tog’jinslari umumiy qalinligi 250-300 m bo’lib, ohaktosh, ko’kimtir gillardan tuzilgan. Sanoat ahami-yatiga molik neft-gaz 15- va 15A-gorizontlarining ohaktoshlarida topilgan. Qazilgan quduqlarda 46 ob’ekt sinab Ko’rildi. Gaz debiti 120 ming m3/ sutkadan 785 ming m3/sutkagacha, neft miqdori 78m3/sutkadan 129,1 m3/sutka- gacha. Neft-gaz kondensat uyumi yaxlit, gumbazsimon, suv-neft chegarasi 1870 m dan, gaz-neft chegarasi 1863 m dan o’tgan. 15-gorizontdagi gazning o’rtacha mahsuldor qalinligi 21,9 m, neftga to’yingan qatlamning qalinligi 4,9 m. G’ovaklik koeffisienti 0,046, gaz va neftga to’yinganlik 0,90 ga teng. Kon- dagi gaz quruq. S. og’. 0,626, tarkibida- gi oltingugurt vodorodi 0,31—0,35%, karbonat angidrid 1,35—1,6%, azot mikdori 0,7% ni tashkil etadi. Metan mikdori 89,5 dan 90,9% gacha. Kondagi neft o’rtacha og’irlikka ega — 0,885 g/ sm3. Oltingugurt mikdori ko’p (3,9%), 4,16% gacha parafin; asfaltenlar 2,46% dan oshmaydi. Konning sanoat ahamiyati katta.