Karimov Ubaydulla Isroilovich

Karimov Ubaydulla Isroilovich (1920.1.4 — Toshkent — 1997.11.10) — sharqshunos olim. O’zbekiston FA akad. (1995), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), Filol. fanlari dri (1972). O’rta Osiyo industrial in-tining kimyo-texnologiya f-ti (1941) va O’rta Osiyo un-tining Sharq f-tini (1949) tugatgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-42). O’rta Osiyo unti Sharq f-tida fors tilidan dars bergan (1949-52). O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida kichik, so’ng katta ilmiy xodim (1952— 58), Sharq qo’lyozmalarini tavsiflash va kataloglashtirish (1959-75), Sharq yozma yodgorliklarini o’rganish va nashr etish (1976-88) bo’limlari mudiri, etakchi ilmiy xodim (1988-90), bosh ilmiy xo- dim (1990-97). K.ning asosiy ilmiy faoliyati Sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni o’rganishga qaratilgan. U shu sohalarga oid Arab va fors tillari- dagi yirik qo’lyozma manbalarini tarji- ma va tadqiq etgan. K. Sharqshunoslik in- tining qo’lyozmalar fondidagi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziyning fanga noma’lum bo’lgan kimyoga doir asari — «kitob sirr ul-Asror» («sir- lar siri kitobi») qo’lyozmasini o’rganib, bu haqda ilmiy asar yozdi. K. Abu Ali ibn Sino ilmiy merosining asosiy tadqiqotchisi va tarjimonidir. U Ibn Sino «Tib qonunlari» asarining o’zbek va rus tillaridagi to’liq nashrini tay- yorlash va tarjima qilishda qatnashgan. Beruniyning «kitob as-Saydana Fi- t-tibb» («Farmakognoziya») asarini tarjima va tadqiq etgan. Beruniyning rus tilidagi 7 jildli tanlangan asar- larini nashrga tayyorlash (1957-87)da ishtirok etgan. K. Ibn Sino ijodini o’rganishga bag’ishlangan xalqaro simpo- zium (Tehron, 1955)da ilmiy ma’ruzalar qilgan. U Iordaniya kirollik Akademi- yasining faxriy a’zoligiga saylangan (1984). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971). As: Neizvestnoe sochinenie ar-razi «Kniga tayni tayn», T., 1957; Ocherki istorii medisini v Sredney Azii (v tom chisle v Uzbekistane) s drevneyshix vremen do seredini XIX v., T., 1993.