Karimova Saboxon
Karimova Saboxon (1917.8.1, Qo’qon — 1988.7.7, Toshkent) — AK- Trisa, rej. O’zbekiston xalk, artisti (1950). 1932— 56 y.lar Qo’qon teatrida, 1957-80 y.lar Hamza teatrida ishlagan. K. qajvkorlik qobiliyati b-n hazilkash, g’ayratli, jur’atli ayollar, shuningdek, muhabbat sanamlari obrazini o’ziga xos mahorat b-n yaratgan. Eng yaxshi rolla- ri: Shirin (Xurshid asari; yu. Rajabiy musiqasi, «Farxrd va Shirin»), onaxon (K. Yashin, «nomus va muxabbat»), Oftob- xon (K. Yashin; X. To’xtasinov, «Oftob- xon»), Oybarchin (S. Abdulla; T. Jali- lov, «Alpomish»), Sanobar (B. Rahmonov, «Yurak sirlari»), Netayxon (A. Qahxrr, «Tobutdan tovush»), Dilbar (R. Bobojon, «Tog’a-jiyanlar»), Huriniso (E. Vohidov, «Oltin devor») va b. Rej. sifatida u. Hojibekovning «Arshin mol olon», Uyg’unning «qaltis hazil», K. Yashinning «Gulsara», «Nurxon» kabi asarlarini sahnalashtirgan.