Karkidonlar

Karkidonlar (Rhinocerotidae) -toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasi. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Tropik o’rmonlarda, suv bo’yidagi chakalakzorlarda, tog’larda (3000 m balandlikkacha) va botqoqliklarda yashaydi. Gavdasi yirik, uz. 5 m cha, bo’yi 2 m cha, dumi qisqa, teri- si kalin, deyarli junsiz. Burni ustida va qansharida 1-2 (qora karkidonda ba’zan 3 yoki 5) ta shoxi bor. Ko’zi kichkina, yaxshi ko’rmaydi, bo’yni qisqa va yo’g’on. Hidlash va eshitish organlari yaxshi rivojlan- gan. Oyog’i qisqa, yo’g’on. Barmoqlari 3 ta, uchida tuyoqlari bor. Tungi hayvon. Yakka yoki juft-juft bo’lib, ba’zan 4-5 tasi poda bo’lib yuradi. K. turli o’simliklar b-n oziqlanadi. Pashsha va so’nalardan qochib, botqoqqa tushib yotadi. Noyab. da urchiydi. Bo’g’ozlik davri 17-19 oy. Tug’ilgan bolasi 25 kg cha. Tanasi vazmin va qo’polligiga qaramay tez yuguradi. Go’shti, yog’i eyiladi, terisi va shoxidan turli buyumlar tayyorlanadi. 5 turi: Su- matra, qind, Yava karkidoni qora, oq kar- Kidon bor. Barcha turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan.