Karlsbad g’orlari
Karlsbad g’orlari – AQShdagi karst g’orlari. Guadalupe tog’larida (Qoyali tog’larningjan. qismi), Nyu-Meksiko shtatida, Karlsbad shahridan Janubi- g’arbda joylashgan. Bo’shliqlari (ungurlari)ning hajmi jihatidan dunyoda eng yirik. Chuqurligi 339 metrgacha, o’rganilgan qismidagi barcha o’tish joylari va zallarining umumiy uzunligi 60 kilometr. Eng katta zali T harfi shaklida. G’orlarda Ko’rshapalakning 10 dan ortiq turi yashaydi. Zallarining kattaligi, ulkan stalagmitlar, ungurlarining chiroyi ko’plab turistlarni o’ziga jalb etadi. 1930 yildan milliy Park deb e’lon qilingan.