Karpov Vladimir Vasilevich
Karpov Vladimir Vasilevich (1922.28.7, Orenburg) — rus yozuvchisi. 2-jahon urushi qatnashchisi va urush Qahramoni (1944 y. 6 iyul). Toshkent harbiy bilim yurti (1942), harbiy aka- demiya (1947) va Moskvadagi adabiyot in-tini (1954) tugatgan. 1930 — 59, 1968-73 y.larda Toshkentda yashagan va ishlagan. Harbiylar hayotidan hikoyalar, qissalar, romanlar («mangu jang», 1967; «Marshallik nishoni», 1970; «tirik olinsin!», 1975) va «sarkarda» (1984) hujjatli qissasini yozgan. «Marshal Jukov, uning safdoshlari va dushmanla- ri urush va tinchlik yillarida» (1989) kitobi muallifi. Asarlari o’zbek tili- ga tarjima qilingan. Hamza nomidagi O’zbekistan Davlat mukofoti laureate (1970).