Karri jangi
Karri jangi — Parfiya b-n Rim qo’shinlari o’rtasida bo’lgan jang (mil. AV. 53 y. 9 may). Rim qo’shinlariga M.Krase ko’mondon edi. U harbiy harakatlar bo’ladigan hudud va par- fiyaliklarning harbiy taktikasidan mutlaqo bexabar bo’lgan. Krase tekislik bo’ylab Mesopotamiyaga yurish qilgan. U bunda parfiyaliklarning otliq qo’shini aynan tekisliklarda nihoyatda xavfli bo’lishini hisobga olmagan. Rim ko’shini Evfrat(Furot)ni kechib o’tib cho’l ichka- risi tomon soxta chekinayotgan parfiyali- klarni 3-4 kun ta’qib etgan. Parfiyali- klar sarkardasi Surena dushmanga qarshi chiqishga puxta tayyorgarlik ko’rgan. Mil. AV. 53 y. 9 mayda Karri sh. yaqinida par- fiyaliklar Rimliklarga qarshi xujumga o’tishgan. Jangdan avval parfiyaliklar- ning ulkan jang nog’oralari (dovullar) chalingan. Parfiyaliklar sochma saf tor- tib, olisdan, chor atrofdan deyarli ni- shonga olmay ham (rimliklar shunchalik zich bo’lib turishganki, ataylab ham o’qni xato ketishi mushkul edi) raqiblarini o’qqatutishgan. Krase Rim qo’shinining eng sara qismini hujumga tashlagan, unga Krassning o’g’li rahbarlik qilgan. Par- fiyaliklar yana soxta chekina boshlashgan, rimliklar otryadi ancha masofagacha ular- ni ta’qib etib, janggohdan uzoqlashgach, parfiyaliklar ularni qurshab olib, tor- mor etganlar. Tunda Rim qo’shini shosha- pisha qocha boshlagan. Lekin, bu ularni qutqara olmagan. Pirovardida ularning barchasi yakson etilgan yoxud asir olingan. Krase 10 maydagi muzokaralar vaqtida o’ldirilgan. Uning kesib olingan boshi harbiy o’lja sifatida shoh Orod II ga jo’natilgan. Ruhan tushkunlikka uchragan bevosh Rim armiyasining kalgan qismi (12-14 ming kishi) Evfrat daryosi or- tiga chekingan. Asir tushgan rimliklar, ba’zi bir manbalarga ko’ra, Marv vilo- yatiga joylashtirilgan. Bu erda Rim- lik legionerlar mahalliylashib, oila qurib, parfiyaliklar qo’shinida xizmat qilishgan (Gorasiy, «odalar», IV, 5,5). Rimlik legionerlarning bir qismi shim.- sharqqa, Ettisuvga kadar etib bor- ganligi ma’lum.