KARTER

KARTER (inglizcha Carter) — porshenli mashina, tishli uzatmalar va boshqalardagi metall quti. Karter ichiga val, o’q va boshqa detallar joylashtiriladi, unga tsilindrlar va turli agregatlar mahkamlanadi. Avtomobil va aviatsiya dvigatellarida Karter shatunlar va tirsakli vallarni shikastlanish, ifloslanish hamda changdan himoya qiladi. Karterning tub qismi motor moylari uchun idish bo’lib xizmat qiladi.