Karter (Carter) Jeyms (Jimmi) Erl

Karter (Carter) Jeyms (Jimmi) Erl (1924 y.da tug’ilgan) — AKShning 39-prezidenti (1977-81). Demokratlar partiyasi a’zosi. Harbiy Dengiz Akade- miyasini tugatgan (1946), harbiy dengiz Kuchlarida xizmat qilgan (1953 y.gacha). Jorjiya shtati gubernatori (1971-75). K. davrida AQSh ichki siyosatida pul- ning qadrsizlanishining oldini olish dasturi qabul qilingan. Tashqi siyosat- da yadro qurollarining tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik va ularning sinovla- rini to’xtatish to’g’risida sobiq SSSR hukumati b-n muzokaralar olib boril-gan, SQCH-2 (OSV-2) to’g’risida shartno- ma (1979) imzolangan. AQSh va Xitoy o’rtasida diplomatik aloqa o’rnatilgan (1979). AQSh, Isroil va Misr davlat- lari o’rtasida Kemp-Devid shartnoma- si (1978) imzolangan. K. Afg’onistonga SSSR qo’shinlari kiritilganligi sa- babli 1980 y.da Moskvadagi Olimpi- ada o’yinlariga boykot e’lon qilgan. Jahonda tinchlikni mustahkamlash yo’lida ko’rsatgan faoliyati uchun Nobel tinchlik mukofotini olgan (2002).