KARTLI PODSHOLIGI
KARTLI PODSHOLIGI — 1) Sharqiy Gruziyadagi quldorlik davla- ti (mil.AV. 4-a.dan). Dastlabki davrda K.p. Rim imperiyasiga nomigagina qaram bo’lgan. 4-a.ning 30-40-y.larida K.p. aholisi xristianlikni qabul qiladi. K.p. 5-a. dan boshlab Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan; 2) Sharqiy Gruziyadagi davlat, poytaxti — Tbilisi (15-a.ning 2-yarmi — 1762 y.), 16— 18-a.larda Eron va Turkiya tajovuziga qarshi muntazam kurash olib borgan. 1723 y. K.p.ni tur- klar, 1735 y. Eron safaviylari bosib ol- gan. 1744 y. K.p. chet el bosqinchilaridan xalos bo’lgan. K.p. Kaxeti podsholigi b-n birlashgach, Kartli-Kaxeti podsholigi tashkil topgan (1762). U 1801 y.dan Ros- siya imperiyasi tarkibiga kirgan.