Kartografiya

Kartografiya — geografik xaritalar, xarita tuzish va undan foydalanish to`g`risidagi fan. Quyidagilar kartografiyaga kiradi: 1) kartashunoslik — xaritalar tarixi va ularning taraqqiyoti; 2) matematikaning tasvirni shar yuzasidan yassi yuzaga ko`chirish usulini o`rganadigan maxsus bo`limi; 3) originallar tuzish usuli; keyinchalik bosmaxonada ana shu originallardan xarita ko`paytiriladi.