Kartoshka kavlagich
Kartoshka kavlagich — kartosh- kani kavlab, uni tuproq va palaklardan ajratib, qo’lda terib olish uchun dalaga uyumlab tashlab ketadigan mashina. Ele- vatorli, g’alvirli va rotorli xillari bor. Elevatorli K. k. ikki qatordagi kartoshkani kavlash uchun lemex (kavla- gich) dan kovlagan kartoshka b-n chiqqan tuproq va kesaklarni maydalab elaydi- gan chiviq-kaskadli elevatordan iborat. Elevatordan o’tgan massa titrama Pan- Jaraga tushadi. Unda kartoshka tuguna- klari qolgan mayda kesak, tuproqlardan tozalanadi. Mashina tugunak, palak va qolgan aralashmalarni dala betiga tash- laydi. Tugunaklar qo’lda terib olina- Di. G’a l v i r l i K. k.da chiviqli ele- vator o’rniga ikki panjarali g’alvir o’rnatilgan. Bunda lemexlar panjara uchlariga mahkamlangan bo’lib, u b-n birgalikda tebranadi. Rotorli K. k. bir qatordagi hosilni yig’ishtirishda ishla- tiladi; u lemex va aylanuvchi rotordan iborat bo’lib, lemex kavlagan massani rotor dalaga sochib turadi. Bu xildagi K. k. 40 — 70 kVt li traktorlarga osib ishlatiladi.