Karusel stanok

Karusel stanok — katta (1500 t gacha) massali va katta (30 m gacha) dia- metrli (diametri uzunligidan ancha katta bo’lgan) buyumlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan, tokarlik stano- klari guruhiga kiruvchi metall qirqish stanogi. Shpindellari vertikal, plan- shaybasi (stoli) ning gorizontal joy- lashganligi b-n tokarlik stankolaridan farq qiladi. Bunda ishlov beriladigan buyum aylanma, supportga o’rnatilgan as- bob esa ilgarilanma harakatlanadi. Bir ustunchali va ikki ustunchali K. s.lar bor. Bir ustunchali K. eda vertikal va 1 yoki 2 yon supportlar bor. K. eda tsilin- drik, konnussimon va shakldor yuzalar yo’niladi, teshiklar yo’nib kengaytiri- ladi, tores yuzalari yo’niladi, revol- ver kallakli stanoklarda esa bulardan tashqari, parmalash, zenkerlash (teshi- klarga toza ishlov berish) va razvyortka- lash operasiyalari bajariladi, maxsus moslamalar yordamida rezba qirqish, o’yish, frezalash va silliqlash operasi- yalarini ham bajarish mumkin.