KASB
KASB — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg’uloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, vrachlik Kasbida xirurg, oftalmolog, dermatolog va boshqalar). Kasb, odatda, shaxening asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.