Kasbi tumani
Kasbi tumani — Qashqadaryo VI- loyatidagi tuman. 1970 y. 16 okt.da tash- kil etilgan. K.t. viloyatning g’arbida joylashgan. Qarshi, Koson, Nishon, Mu- Borak, Bahoriston, Usmon Yusupov tu- manlari b-n chegaradosh. Mayd. 0,65 ming km2. Aholisi 127,6 ming kishi (2000). K.t.da 10 qishloq fuqarolari yig’ini (Denov, Komilon, Mug’lon, Toshqo’rg’on, Chovqay, Cho’lquvar, Yuksalish, Yangihayot, Qamashi, Katag’on) bor. Markazi — Mug’lon qishlog’i. T a b i a t i . K.t. Qarshi cho’lida joy- lashgan. Hududida Maymanoq tog’tiz- masi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, quruq va uzok,. Bahor va kuz- da yog’in kam. Qishda qor oz yog’adi, qattiq sovuq bo’lmaydi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 0° dan ggacha, iyulniki 28,2°-31,6°. Yil davomida yog’ingarchilik kunlari 58-60 kundan oshmaydi. T-raning yuqoriligi tufayli bug’lanish miqdori yiliga yog’ingarchilikka nisbatan o’n barobar ko’p. Yiliga o’rtacha 270 mm, ayrim yil- lari 310-320 mm, qurg’oqchilik yilla- ri 100 mm yog’in tushadi. K.t.ning Koson tumani b-n chegarasidan Qashqadaryo oqib o’tadi. Tuprog’i, asosan, bo’z tuproq. Ba’- zi joylarda sho’rlangan. Yaylovlarda shuvoq, isiriq, yantoq, jingak, karrak, tuyaqorin, qamish,.yulg’un va b. o’sadi. Yov- voyi hayvonlardan quyon, tulki, bo’ri, chiyabo’ri, yumronqoziq, turli xil ilon- lar, toshbaqa, kaltakesaklar, kushlardan yovvoyi o’rdak bor. Aholisining aksari qismi o’zbeklar (86,1%); shuningdek, tojik, turkman, qirg’iz, koreys, tatar, Ozarbayjon, arman va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 196 kishi to’g’ri keladi (2000). Xo’jaligi. Tuman iqtisodiyotida sa- noat va q.x. asosiy o’rinni egallaydi. K.t.da paxta tozalash z-Di, non k-ti, non tsexi, 2 avtokorxona, sutni qayta ish- lash korxonasi, mahalliy sanoat korxo- nasi, bosmaxona mavjud. 170 dan ziyod xususiy savdo i.ch. firmalari, kichik korxonalar, 500 ga yaqin maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi bor. Q.x.da foyda- laniladigan jami er 50 ming ga, shundan sug’oriladigan er may-doni 45,5 ming ga. Ekin maydoni 43 ming ga ni tashkil eta- Di. Shundan 22 ming ga erga paxta, 16,6 ming ga erga don ekinlari, qolgan erlar- ga sabzavot, poliz, kartoshka, em-xashak ekinlari ekiladi. 2 ming ga dan ziyod er bog’, tutzor va tokzorlardan iborat, 4 ming ga dan ortiq er yaylov. K.t.da shir- kat va bir jamoa xo’jaliklari, qishloq aktsiyadorlik jamoasi, 2 q. x. paychilik jamiyati, parrandachilik xo’jaligi FA- oliyat ko’rsatadi. Bir xo’jalik chorva- chilikka, bir xo’jalik bog’dorchilikka ixtisoslashtirilgan. Tuman hududida O’zbekiston paxtachilik i.t. instituti- ning Qashqadaryo filiali joylashgan, tajriba sinovlari Alisher Navoiy no- midagi shirkat xo’jaligida olib borila- Di. Chorvachilikda qoramolchilik asosiy o’rinni egallaydi. K.t.da 49,3 ming bosh krramol, 76,6 ming qo’y-echki, 148,9 ming parranda, 933 ot boqiladi (1998). Pil- lachilikni rivojlantirishga xam ko’p ahamiyat berilmoqda. 53 umumiy ta’lim maktabi, internat- liseyi, gimnaziya, 3 kasb-hunar maktabi, sport, musiqa maktablari, iqtisodiy ta’lim markazi, madaniyat va istirohat bog’i, 28 kutubxona, 10 madaniyat uyi, 9 klub, stadion, tennis korti, 21 sport zali, 24 futbol va 19 basketbol maydon- lari bor. 50 o’rinli nogironlarni Rea- bilitasiya qilish markazi, 325 o’rinli 2 kasalxona, 200 o’rinli kunduzgi sta- tsionar, 12 qishloq vrachlik punkti, 11 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 26 fel- dsher-akusherlik punkti, 3 poliklinika, 9 dorixona mavjud. 1100 ga yaqin oliy va o’rta maxsus ma’lumotli tibbiyot xodimi ishlamoqda. 1971 y.dan «sadoqat» tuman gaz. chiqadi (adadi 900).