Kashmir vodiysi
Kashmir vodiysi — katta Himolay va pir-Panjal tog’tizmala- ri orasidagi keng vodiy, Hindistonda. Uzunligi qariyb 200 km, kengligi 60 km dan ziyod. Bal. 1600 m ga yaqin. Ko’l ko’p, eng kattasi Vular ko’li. Tog’lardan oqib tushadigan mayda Daryo va soylar vodiy- ning eng yirik daryosi Jalam (Jhalam) ga (Hind daryosi irmog’i) quyiladi. Daryo- da kema qatnaydi. Yo’lovchilarni tashish- da qayiqdan ham foydalaniladi. Iqlimi mo»tadil, yanv.ning o’rtacha t-rasi —g, iyulniki 22-23°. Yozgi nam musson shamollarning kirib kelishiga pir- Panjal tog’tizmasi to’sqinlik qiladi. Shu sababli, yoz mavsumida yog’in kam yog’adi. Yillik yog’in o’rtacha 1000 mm. K. v. tuprog’i allyuvial tuproq. Keng bargli o’rmonlar, tog’yon bag’irlarida igna barg- li o’rmonlar bor. Q.x. ekinlari, asosan, sholi va makkajo’xori, shuningdek, zigir, raps, xantal, qisman bug’doy ham ekila- Di. K.v.da turli mevalar etishtiriladi. Ekinzorlar Daryo suvidan sugoriladi. Mevali bog’lar bor. Yiliga 180 ming t dan ziyod meva etishtiriladi. Za’faron Hindistonda, asosan, shu erda ekiladi. Ipak qurti uchun tut daraxti o’stiriladi. K.v.da aholi zich. Hunarmandchilikda gi- Lam to’qish, kashtachilik, yog’och va metal o’ymakorligi rivojlangan. Iqlim ku- rortlari bor. SriNagar, Paxalgam va Gulmarg sh.lari turizm markazlaridan. Boburiylar asos solgan Shalimar va na- shat bog’larini ko’rish uchun turistlar ko’p keladi. Eng yirik shahri — Srina- gar.