Kashta

Kashta (fors. — chizilgan, tortil- gan) — amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi; igna b-n tikib tushi- rilgan gul, tasvir, naqsh. K. ko’lda (igna, ilmoqli igna, shgaokli bigiz b-n) yoki mashinada, asosan, mato (bo’z, chit, satin, shoyi, Baxmal, movut va b.) va charm (etik, mahsi, pichoq qini, kamar, ot jabdukla- ri va b.)ga tikiladi. K. mujassamoti- da o’simliksimon naqshlar, handasiy shakllar, fazoviy jismlar, meva va hayvonlarning uslublashtirilgan tas- virlari, baytlar, keyinroq kishilar- ning qiyofalari, me’moriy obidalar ham o’z ifodasini topdi. K. tikish turli usullarda matoga AV- valdan axta (andaza) yordamida tushiril- gan gul, tasvir, naqsh asosida, ba’zan matodan iplari sug’urilib tayyorlangan asosda sanama usulida bajariladi. Bun- da jun, ip, ipak (rangli), zig’ir tolali tabiiy va sun’iy (sintetik) tolalardan, metall (tilla, kumush)dan tayyorlangan iplardan foydalaniladi, shuningdek, dur, nozik, piston, ba’zan qimmatbaho tosh va tangalar keng ishlatiladi. Mato, mo’yna, charmlardan applikasiya (quroq) tikishda K.dan foydalaniladi. K. buyumlar (palak, so’zana, choyshab, gulko’rpa, kirpech, dorpech, zardevor va b.), kiyimlar (ko’ylak, do’ppi, nimcha, peshonaband, kamar va b.), musta-qil bez- AK namoyonlarda keng ishlatiladi (yana q. Kashtado’zlik, Zardo’zlik).