Kashtan

Kashtan (Castanea) — Qoraqayindoshlar oilasiga mansub da- raxtsimon o’simliklar turkumi, yong’oq mevali va manzarali daraxt. Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, O’rta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi ma’- lum. Asosan, 4 turi ekiladi. K. 500— 1000 (ba’zi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Ko’p yil yashaydigan ekma (mag’zi eyiladigan) chin K. (C.sativa) qora den- giz bo’ylari va Zakavkazeda, tog’larning quyi va o’rta mintaqalarida o’sadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng, bargi oddiy, Yi- rik, uz. 12-25 sm, kalta bandli, navbat- ma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, Gultu- plami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gulto’plamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yong’oq (kashtan), tuq jigarrang. Har birida 1 tadan urug’bo’ladi. Darax- ti o’tqazilgach, 5-10 y.da meva beradi. Yorug’sevar, namsevar, issiqlikka talab- Chan. Mevasi sent.dan noyab.gacha pishadi. Bir daraxtdan 120-140 kg hosil olina- Di. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib iste’mol qilinadi. Yong’og’i mag’zida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moy, vitamin- lar, limon va olma kislotalari mavjud. Yog’ochida, po’stlog’ida (qobig’ida), bargla- rida 6-14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal o’ziga xos xushbo’y hidga ega. Yog’ochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qo’llaniladi. Po’stlog’idan turli bo’yoklar ishlab chiqariladi. K.ning bir necha navlari mavjud. Ko’proq may- da mevali Lion va Neapolitan navlari tarqalgan. O’zbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan bo’lib, ot kashta- ni (kashtan Konskiy) nomi b-n ma’lum (yong’og’ini eb bo’lmaydi), manzarali da- raxt sifatida ekiladi. K. urug’idan ko’paytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urug’i stratifikasiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasal- liklari: ildiz vatana raki, o’zak chi- rishi. Zararkunandalari: meva qurti, qo’ng’izlar va b. Abdushukur Xonazarov.