Kassetali kino

Kassetali kino — magnit lenta (kasseta) yoki diskka yozib olingan vide- ofilmlarni yoxud kassetali kinoplyon- kaga yozib olingan odatdagi kinofil- mlarni maxsus moslamalar yordamida oddiy televizor ekranida ko’rishga im- kon beruvchi texnik usullar va vositalar majmui. Tasvir va tovush K. k. tizimi- ga avval suratga olingan kinofilmdan magnit (magnitli plyonkaga), mexanik (videodiskka), optik (lazerli video- diskka) usullarida yozib olinadi. Bular- da qo’yuvchi apparat sifatida videomag- nitofonaan foydalaniladi. Ensiz (8 mm li) kinoplyonkaga ham yozib olish mumkin. Bunda qo’yuvchi apparat sifatida Teleki- no uzatkichdan foydalaniladi. Qayta yozib olingan videofilm yoki kino- filmlar K.k. uchun film nusxalarini ko’plab nusxada chiqarish uchun asl nusxa bo’lib xizmat qiladi. Kinofilmni na- moyish qilishda tasvir va tovush signal- lari qo’yuvchi apparatda videosignallar va tovush signallariga aylanib, televi- Zion qabul qilgichga keladi. K.k.dan uy sharoitida kinofilmlar ko’rishda, o’quv maqsadlarida foydalaniladi.