Kat qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Kat qishlog’i haqida eshitganmisiz? – QQASSR Beruniy rayoni markazining qadimgi nomi. Qashqadaryo oblasti, Qarshi rayonidagi qishloq. Toponim O’rta Osiyo respublikalari, Eron va Afg’onistonda keng tarqalgan geografik termin asosida vujudga kelgan. Keng M.Koshg’ariyning yozishicha kunchiqar tomondagi har bir shaharga aytiladi. Bu so’z kat, kent, kant, kan kabi bir qancha variantlarga ega. Kat so’zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar aytilgan. V.I. Abayev so’zning etimologiyasiga kengroq to’xtalib Kat, Kata, Kan “qazimoq, o’ymoq, uymoq” so’zi bilan aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Qiyos qiling: avestoda kata “o’ra, yer to’la” fors tilida kada, kad, “uy”, qadimgi hind tilida kantha “shahar devori”, afg’oncha kanday “shahar kvartali”, uyg’urcha kant “shahar posyolkasi”, so’g’d tilida kad, kand, kit, kt “shahar”, yag’nob tilida kant “shahar” va hokazolar. V.I.Abayevning fikricha bu so’z hind-yevropa tillar sistemasidan chiqqan hamda turkiy va fin-ugor tillarida ham keng tarqalgan. Shunday qilib toponim “qishloq, shahar” degan ma’noni bildiradi. Xorazmning qadimgi poytaxti ham Kat deb atalgan. Xorazm oblasti Xiva rayonidagi Katli toponimi ham “Kat shahridan kelganlar” degan ma’noni anglatadi.

Добавить комментарий