Katagenez
Katagenez, teskari evolutsion o’zgarish — organizmning soddaroq ekologik muhitga yashashga o’tishi bilan bog’liq uning yashash tarzi va morfofiziologik tuzilishidagi soddalashuv jarayoni. Masalan, o’troq hayot kechirishga, parazitlik qilishga o’tgan vaqtdagi regressiv o’zgarishlar.