KATAKLAZ
KATAKLAZ (Yun. kataklao — buza- man) — tektonik qarakatlar ta’siri ostida tog’jinslari tarkibidagi mi- nerallarning deformasiyasi va ezili- shi. Asosan, tektonik yorilishlar yuzasi bo’ylab va unga yaqin joylarda kuzatila- Di. Bunda tog’jinslarining struktura- si buziladi, mineral donachalarining o’lcham va shakllari o’zgaradi. K.da, odat- da, mineral donachalarining ahamiyatli siljishlari yuz bermaydi. Shu sababli, jinsning strukturasi keskin o’zgarsada, uning dastlabki teksturasi saklanadi. Kimyoviy va mineralogik o’zgarishlar bo’lmaydi yoki juda kam darajada namo- yon bo’ladi. Kuchsiz K. kristallning yupqa shlifini qutblangan yorug’likda kuzatib aniqlanadi, bunda «to’lqin sunishi» ku- zatiladi (ayniqsa, kvars kristallarida aniq namoyon bo’ladi); kuchliroq K. xuddi shu sharoitlarda «mozaika so’nishi»ga olib keladi. Kuchli K. alohida donacha- larning maydalanishi («granulyasiya») ga sabab bo’ladi.