KATASTROFIZM

KATASTROFIZM (Yun. Katastrophe — tamom bo’lish, halokat, buzilish), katastrofalar nazariyasi — metafizik ta’limot. Uning asosida er po’sti va or- ganik olamning rivojlanishi butun er planetasi miqyosida sodir bo’ladigan, davriy takrorlanib turadigan Geolo- gik halokat (kataklizma)lar b-n bog’liq, degan g’oyalar yotadi. Davriy global halokatlar haqidagi g’oya qadimda paydo bo’lgan; 17— 18-a.larda geol. Tarixini o’rganishda qo’llanilgan. Paleontologiya- ning asoschisi frantsuz olimi J. Kyuve 1812 y.da er katlamlarining almashi- nishi b-n birga fauna va floraning al- mashinishi ham sodir bo’lganligini va o’tmishdagi geologik davrlarda organic dunyo o’zgarishining sababini o’zining katastrofalar nazariyasi asosida tu- shuntirdi. Kyuvening uqtirishicha, er yuzining kattagina qismida ro’y ber- gan halokatli tabiiy ofat (katastro- FA) bu hududlardagi barcha hayvon va o’simliklarni halok etgan. So’ngra ular- ning o’rnini omon qolgan joylardan kel- gan, lekin qirilib ketgan turlarga hech qanday aloqasi bo’lmagan yangi formalar egallagan. Kyuve qad. qatlamlardan yosh qatlamlarga o’tgan sari organik forma- larning asta-sekinlik b-n murakkabla- shib borganligini qayd etgan bo’lsada, u Lamarknnig tirik tabiat evolyusiyasi, keyingi hayot formalarining oldingi formalardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrlarini inkor etdi. Kyuve turlar- ning o’zgarmasligi haqidagi kreasioni- stik dunyoqarashni yoqlab chikdi. Kyuve- ning asosiy g’oyasi frantsuz paleontology A. D’Orbiniy tomonidan davom ettiril- Di. A. D’Orbiniy er tarixini 27 davrga bo’lib, har bir davring yangi formalar b-n boshlanib halokat tufayli qirilib poyoniga etganligini aytadi. Shuning b-n birga o’sha davrdayoq paleontolo- gik dalillardan hayotdagi hodisalarni evolyusion nuqtai nazardan tushunish zaruriyatini yorqin ifodalovchi qator «paleontologik qonunlar» chiqarildi. Bu qonunlarga binoan, qirilib ketgan formalar qanchalik qadimgi bo’lsa, ular b-n hoz. zamon hayvonlari o’rtasidagi farq ham shunchalik katta bo’ladi, hayvon tiplarining paydo bo’lish tartibi em- Brion bosqichlarning paydo bo’lishidagi tartibni eslatadi; qirilib ketgan hayvonlar hoz. hayvonlarga o’xshash plan asosida tuzilgan, ularning hayoti ham o’xshash fiziologik faoliyat b-n tav- siflanadi. Bu qonunlar organik dunyo o’zining tarixiy rivojlanishiga kura, birbutun ekanligidan dalolat berdi. Evolyusion nazariya organizmlar tari- xiy rivojlanishida K.ni inkor etadi.