Kategoriyalar

Kategoriyalar (Yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada)— voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosa- batlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. K. bilish va ijti- moiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi bo’lib vujudga kelgan. K. haqidagi ilk ta’limot qad. Hindistonning ayrim falsafiy MAK- tablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tu- shunchalarning ifodasi shaklida hosil bo’ladi deb hisoblaydi. Aristotel o’zining «kategoriyalar» asarida K.ni ob’ektiv reallikning in’ikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya to’g’risida ma’lumot beradi: mohiyat, miqdor, si- Fat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish. Aristotel- ning K. haqidagi ta’limoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivoj- lantirildi. O’rta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (o’zgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani ko’rsatib o’tadi: substantsiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant K.ni aql-idrok shakllari deb tushunadi. K. haqida ta’limotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U K. haqidagi keng va murakkab ta’limot tizimini yaratgan. K. haqidagi ta’limot- ga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nis- she asarlarida ham keng o’rin berilgan. Har bir inson o’z faoliyatida o’zigacha shakllangan K. yordamida ish tutadi. K. metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega bo’lib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan o’rnini to’g’ri bilib olishga yordam beradi. Har qaysi fanning o’z K. i bo’lib, shu fanning xususiyatlarini ko’rsatib turadi. Falsafiy K. fan K.idan farq qilib aniq fanlar rivoji natijala- rini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo’lgan tomonlarini ta’riflab be- radi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, in’ikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoni- yat, voqelik, hodisa, moxiyat va b.