KATETER
KATETER (Yunoncha katheter — nay) — nay shaklidagi tibbiy asbob; kovak tomirlar, nafas va siydik yo’llari, limfa tomirlari va boshqalarga yuborib, ularni Kateterlash uchun qo’llaniladi. Yo’g’onligi har xil metall, rezina, sintetik Kateter bor. Turli maqsadda ishlatilishiga ko’ra, qon tomir Kateteri (arterial, venoz, limfa yo’llari), siydik hamda nafas yo’li, shuningdek, bronx Kateterlari farq qilinadi. Kateterni ishlatishdan oldin, albatta, maxsus usullar bilan zararsizlantiriladi. Kateterdan ko’pgina davolash hamda tekshirish maqsadlarida foydalaniladi. Siydik yo’lini kateterlash maxsus malaka talab etadi.