KATGA ARTEZIAN HAVZASI

KATGA ARTEZIAN HAVZASI — Avstraliyaning eng yirik artesian havzasi. Dunyoda kattaligi jihatdan 2-o’rinda. (G’arbiy Sibir havzasidan keyin). Mayd. 1736 ming km2. Karpenta- riya qo’ltig’i sohilidan Darling daryosi o’rta oqimigacha 2200 km, g’arbdan sharqqa 1800 km ga cho’zilgan. Qad. kristalli za- minning bukilgan qismida joylashgan, bu erda cho’kindi jinslarning qalinligi 2500 m gacha. Suv mezozoyning qum-toshli qatlamlarida uchraydi. Suvi ko’pincha minerallashgan, 2000 m gacha chuqurlikda yotadi. Eyr ko’li va uning atrofida (bu erlar dengiz sathidan 12 m past) er yuzi- ga bulok, tarzida chiqqan. Chuqurlashgan sayin suvning t-rasi har 32,5 m da g ga oshib boradi. Eng yuqori t-ra (110°) Kvinslend shtatidagi burg’i qudug’ida qayd qilingan.