Katta Chimyon tog’i
Katta Chimyon tog’i — Toshkent viloyatidagi Chatqol tizmasining tar- kibiga kiruvchi ulkan gumbazsimon mas- SIV. Eng baland joyi — katta Chimyon cho’qqisi (3309 m). Chimyonsoy vodiysini Jan.dan o’rab turadi. Paleozoy orogene- tik jarayonida burmalanib granit, gra- nodifit, difit, granit-porfir, kvarsli porfir, sienit, sienitli diorit, gabbro kabi intruziv jinslar va ohaktosh hamda qumtoshlardan tuzilgan. Relefi kuch- li darajada parchalangan. Yon bag’irlar qiyaligi o’rtacha 25-35°, ba’zi joyla- rida 45° va undan ortiq. Jan.-g’arbdan shim.-sharqqa tomon cho’zilgan. Shim. yon bag’ri Chimyonsoy vodiysiga tik tushgan. Bu qismida ohaktoshli jin- slar qoyali relef shakllarini hosil qilgan. Jan. yon bag’ri ancha yotiq bo’lib, qurumlar uchraydi. Tog’cho’qqisi doimiy muzlik va qorliklar b-n band. K.Ch.t. Jan.da Mingjilqi (2950 m), Imetey (2580 m), Teskaylov (2450 m), Suranota kabi tog’larga va Po’latxon (2744 m) PLA- tosiga ulanib ketadi. Shim.-g’arbga asta sekin pasayib boradi (Qumbel dovoni 1871 m). Uning yon bag’irlaridan bel- dorsoy, Chimyonsoy, Qorachasoy (Chatqol irmog’i), Mozorsoy va b. oqib tushadi. O’rmon mintaqasida jigarrang, Alp mintaqasida tog’-o’tloq-dasht torfli tuproqlar uchraydi. Tog’yon bag’irlarida archa, do’lana, tikanli bo-dom, uchqat, na’- matak, tog’olcha, yong’oq, bug’doyiq, subalp va Alp mintaqalarida toron (zanjovul), shashir va b. tarqalgan. Yuqori qismi Toshloq, daraxt kam. K.Ch.t. etaklari va yon bag’irlari noyob tog’go’shalaridan iborat (Unikkibuloq maskani, tog’tabiat yodgorliklari, soy vodiylari va b.), iqlimiy va qimiz b-n davolash «Chimyon» kurorti (1500 m), 2 sa- natoriy, bolalar oromgohlari, «Chimyon» sayyohlik majmuasi bor.