KATTA NO’G’AI O’RDA

KATTA NO’G’AI O’RDA — 16-asr 2-yarmida No’g’ay O’rdadan ajralib chiqqan no’g’aylar davlati. Volgadan Ural daryosigacha cho’zilgan Kaspiy bo’yidagi hududni egallagan. Moskvaga vassal bo’lgan. 1634 yil Volganing o’ng qirg’og’iga o’tib kichik No’g’ay o’rdasida ko’chmanchilik tarzida hayot kechirishgan.