KATTA O’ZBEKISTON TRAKTI

KATTA O’ZBEKISTON TRAKTI -O’zbekistondagi umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan dastlabki eng yirik AV- tomobil yo’li. Poytaxt Toshkentni mamlakatning eng Jan.da joylash- gan Termiz sh. b-n bog’laydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari aholisining tashabbusi- ni e’tiborga olib hamda Mirzacho’lda yangi erlar o’zlashtirib, paxtazorlarga ay-lantirilishi, Samarqand viloyatida paxta va don etishtirishni ko’paytirish, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari- ning tog’li tumanlari b-n transport aloqasini yaxshilash maqsadida 1940 y. respublika hukumati uz. 724 km bo’lgan K.O’.t.ni qurish to’g’risida maxsus qaror qabul qilgan (trakt qurilishiga qadar shu yo’nalishda o’tgan karvon yo’llari mil. AV. 5-a.dan ma’lum bo’lgan. 19-a. ning2-yarmidan 1940 y.largacha «uezd-po- chta yo’li» nomi b-n atalgan). K.O’.t. 1940-41-y.larda hashar usu- lida qurilgan, uni qurishda yo’l bo’ylab joylashgan 41 tuman mehnatkashlari qatnashgan. Trakt o’z vaqtida Respubli- kada eng yirik, shuningdek, eng shinam yo’llardan biri bo’lib, O’zbekiston hududini shim.dan Jan.ga kesib o’tgan, 8 shahar va 6 yirik viloyatlar hududi orqali o’tib, viloyatlar ma’muriy Mar- kazlarini o’zaro bog’lagan, iqtisodiyotda muhim o’rin tutgan. 1960-80 y.larda O’zbekistonda xalq xo’jaligi va sanoatning rivojlanishi, transportga bo’lgan talabning oshishi, yo’llarda harakat jadalligining keskin ko’payishi natijasida ko’plab xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil yo’llari qurildi. Mavjud yo’llar esa talab darajasida qayta ta’mirlanib, kengaytirilib, yangidan titul raqam be- rilib qaytadan nomlandi. Hozir sobiq K.O’.t. xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yo’llarining ay- Rim qismlariga bo’linib ketgan: M-34— «Toshkent-Dushanba» avtomagistra- lining Toshkentdan Xovosgacha qismi (160 km); A-376 — «Qo’qon-Konibodom- Xo’jand-Jizzax» avtomagistralining Xovosdan Jizzaxgacha qismi (90 km); M-39 — «Olmaota-Bishkek-Toshkent- Samarqand-Termiz» (1475 km) avtomagi- stralining Jizzaxdan Termizgacha qismi (474 km). 90-y.lardan boshlab trakt yo’nalishi xalqaro miqyosdagi magistral yo’llarga aylandi, kengaytirilib, obo- donlashtirildi, yo’l bo’ylarida ko’plab zamonaviy yonilg’i quyish shoxobchalari, kemping-motellar, yo’l-industriya kor- xonalari, chet ellar b-n hamkorlikda qo’shma korxonalar barpo etildi. Trakt chet mamlakatlar turistik tran- zit aloqalarida ham muhim o’rin tuta- Di. Yo’ldagi avtomobillarning kunlik qatnov jadalligi 10000-15000 avtomo- Bilga teng. Tohirjon Mirzaev.