Katta qanotlilar, uchar itlar, uchar tulkilar

Katta qanotlilar, uchar itlar, uchar tulkilar (Megachiroptera) — qo’lqanotlilar kenja turkumi. Yirik (tanasining uz. 6 sm dan 40 sm gacha, qanotlari yoyilganida 1,7 m gacha) bo’lishi b-n boshqa qo’lqanotlilardan farq qiladi. Qo’lqanotlilarning eng yirigi. Oldin- gi oyoq panjasining I va II barmoqlarida tirnoqlari bor. Ko’pchiligining dumi bo’lmaydi. Tish bo’rtig’i yassi, o’simlikxo’r hayvonlarnikiga o’xshash. Quloq suprasi chetlari yopiq bo’lishi b-n ko’rshapalaklardan farq qiladi. Ko’zlari yaxshi rivojlangan. Exoloka- tsiya xususiyati faqat uchar tulkilarda aniqlangan. Exolokasion signallar ko’rshapalaklarnikiga o’xshash bo’g’izda emas, balki tili orqali generasiyalana- Di. Bitta oila, 50 ga yaqin urug’va 150 tur- ni o’z ichiga oladi. Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik hududlarida (shim. da Misrgacha), Jan. Yaponiyada tarqalgan. Kundu-zi daraxtlarning shox-shabbalari orasiga, ba’zan, g’orlar va g’oyalarning yorig’iga yashirinib oladi. Koloniya bo’lib (ba’zan, bir necha ming individlardan iborat) yashaydi. Asosan, mevalar b-n oziqlanadi. Ko’pchilik mayda K.q. gular changi va nektar b-n oziqlanib, tropic o’simliklarning changlanishida ishtirok etadi. Mevaxo’rlari ayrim hududlarda birmuncha ziyon etkazadi. 4 turi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.