KATTA SOVET ENTSIKLOPEDIYASI
KATTA SOVET ENTSIKLOPEDIYASI (Bolshaya Sovetskaya entsiklopediya, BSE) — SSSRda chiqarilgan universal entsiklopedik nashr, jahondagi yirik entsiklopediyalardan biri. Moskvada- gi «Sovetskaya entsiklopediya» («Sovet entsiklopediyasi») nashriyoti tomoni- dan rus tilida nashr etilgan. 1-nash- ri 1926-47 y.larda chiqqan; 65 asosiy jild va alohida SSSR jildidan iborat; 65 ming maqolani o’z ichiga oladi, adadi 50— 80 ming; bosh muharriri — o. Yu. Shmidt (1941 y.gacha). 2-nashri 1950— 58 y.larda chiqqan, 50 asosiy jild va 51-qo’shimcha jilddan iborat; 100 ming- ga yaqin maqolasi bor, adadi 250-300 ming; 2 jildli alfavitli ko’rsatkichi chiqqan (1960); bosh muharriri — S. I. Vavilov (1951 y.gacha), B. A. Vvedenskiy (1951 y.dan). 3-nashri 1969-78-y.larda chiqqan, 30 jilddan iborat; 100 ming- dan ortiq maqolani qamragan, adadi 630 ming; 1 jildli ko’rsatkichi bor (1981); bosh muharriri — A. M. Proxorov (1969 y.dan). K.S.E. AQSh va Gresiyada tarjima ki- linib, nashr etilgan. U sobiq Ittifoqda entsiklopediya ishining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. O’zbek Sovet Entsiklo- pediyasi (1971-80)ni nashr etishda ham K.S.E. tajribasidan foydalanilgan. 1957-90 y.larda K.S.E. ning Ejegodni- gi (yillik to’plami) chiqarildi (yana q. Entsiklopediya).