KATTAJUZ, ulug’juz

KATTAJUZ, ulug’juz (Uli juz, Uyshun) — Ettisuv (Qozog’iston)dagi xo’jalik va geografik jihatdan ajra- lib turuvchi hudud. K.j. hududida mil. AV. 7-4-a.larda saklar Ittifoqi, 3-2- a.larda usun qabilalar Ittifoqi, undan so’ng G’arbiy Turk xoqonligi, qarluqlar davlati va b. vujudga kelgan. 16-a. boshla- rida K.j.ning shakllanish jarayoni yakun- langan. K.j. dug’lot, Qo’ng’irot, qipchoq, olchin, qang’li, alban, Jaloyir, Sirg’ali, shanshqili, Uyshun va b. qabilalar bir- lashmasidan iborat bo’lib, Toshkent xo- niga bo’ysungan. K.j. aholisi, asosan, ko’chmanchi chorvachilik b-n shug’ullangan. Ko’chmanchilar o’troq qishloq dehqonlari b-n chambarchas bog’langan. 16-18-a.lar- da K.j. hududida bir necha xonliklar tashkil topib, ular tashqi dushmanga qarshi kurashda ma’lum rol o’ynagan. Bu kuchlarni bartaraf qilmoq niyatida O’rta juz xoni Tovkaxon (1680-1718) ham uchchala juzlikni birlashtirishga muvaffaq bo’ldi, lekin bu birlik uzoqqa cho’zilmadi. 1752 y. Rossiya Omskdan Pe- tropavlovsk orqali Orenburggacha o’z mu- dofaa chegarasini kuradi. U 11 istehkom, 33 qo’riqchilik posti va 42 mayoqni o’z ichiga olib, 3642 kazak joylashtiril- gan. 1798 y. K.j.ning bir qismi Toshkent hokimi Yunusxo’ja ixtiyoriga o’tdi. K.j. hududida Kenesari qo’zg’oloni kuchayib (1837-41), u bostirilgach, K.j. 1847 y. rus qo’shinlari tomonidan bosib oli- nadi; o’rniga Sibir, Orenburg va Ural kazak qo’shinlari joylashtiriladi. 19-a. K.j.ning qozoq aholisi 550 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Ad.: Velyaminov-Zernov V. V., Isto — richeskie Izvestiya o kirgizkaysakax i snosheniyax Rossii s Sredney Aziey so vremeni konchini Abulxayrxana (1748— 65), t. 1— 2, Ufa, 1853; Asfendiarov S. D., Istoriya Kazaxstana, t. 1, Alma-Ata — M., 1935; Tinishpaev M., Materiali k istorii kirgiz-kazakskogo naroda, T., 1925.