Kattaqo’rg’on

Kattaqo’rg’on — kechpishar xo’raki, mayizbop uzum navi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga ki- radi. Vatani — O’rta Osiyo. Tupi kuch- li o’sadi. Bargi o’rtacha va yirik, 3-5 bo’lakchali, oz kertikli, bir oz qabariqli, ustki sirti to’q yashil, yaltiroq, ostki sirtida tuklari yo’q. Guli funktsional urg’ochi. Uzum boshi yirik (bo’yi 12— 26 sm, eni 14-25 sm), g’ujumi yirik, ovalsimon yoki tuxumsimon och yashil, etdor, sershira, po’sti yupqa’, urug’i Yi- rik. Hosili faol harorat yig’indisi 3400-3800° da 150-160 kunda, sent. 2-yarmida pishib etiladi. Hosildorligi 70-80 ts/ga. K. funktsional urg’ochi gul- li bo’lganligi sababli unga oq kishmish, Qora kishmish, pushti Toifi, Saperavi, Sultoniy navlari eng yaxshi changlovchi- lar hisoblanadi. Sovuqqa va zamburug’ kasalliklariga chidamsiz. Novdalari- ning 6-14-ko’zlaridan eng ko’p miqdorda hosilli novdalari shakllanadi va Nov- Dani uzun kesish talab qilinadi. Yangi- ligida eyiladi, quritiladi, garmiyon mayi-zi tayyorlanadi. Uzoq erlarga ta- shishga yaroqli. O’zbekistonning Jan. VI- loyatlarida r-nlashtirilgan.