Kattaqo’rg’on suv ombori

Kattaqo’rg’on suv ombori -gidrotexnika inshooti, O’zbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqo’rg’on sh. yaqinida tabi- iy chuqurlikda barpo etilgan. K.s.o. Za- rafshon vodiysidagi ekin maydonla- rini suv b-n ta’minlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tar- tibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamg’aradi. 1940-51 y.lar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. K.s.o.ning asosiy inshooti kompleksi suv chiqargichli to’g’on, suv keltirila- digan va suv oqib ketadigan kanallar- dan iborat. 1941 y.da uz. 4 km, bal. 28 m tuproqto’g’on ko’tarildi (keyinchalik to’g’on bal. 31,5 m ga etkazildi). Suv ombo- rining hajmi yildan-yilga oshirib bo- rildi va 1954 y.da loyihada ko’rsatilgan mikdor — 662 mln. m3 ga etkazildi. Uz. 28 km, suv sarfi 45 m3/s suv keltiruv- chi kanal va uz. 15,2 km, suv sarfi 123 m3/s suv chiqaruvchi kanal qurildi. 1956 y. suv keltiruvchi kanal rekonstruktsiya qilinib, uning suv o’tkazish imkoniyati 100 m3/s ga etkazildi, o’zani to’g’rilanib, kengaytirildi va o’zanga beton to’shama yotqizildi. Natijada kanal uz. 21,2 km ga etdi. To’g’on (maksimal bal. 28,62 m, uz. 3915 m) va quloqlarning rekonstruktsiya qilinishi natijasida (1968 y.da) K.s.o. sig’imi 900 mln. m3 ga etkazildi, shundan foydali sig’imi 840 mln. m3. Suv yuzasi mayd. 79,5 km2. Uz. 15 km, maksimal eni 10 km, o’rtacha eni 5,3 km, maksimal chuq. 25 m, o’rtacha chuq. 11,3 m. K.s.o. suvi b-n Samarqand, Buxoro VI- loyatlaridagi 94 ming ga er sug’oriladi va 150 ming ga erning suv ta’minoti yaxshi- langan. K.s.o. suvi kanal b-n Qoradaryoga quyiladi. Suv omborida baliqchilik tez rivojlandi, yiliga o’rta hisobda 240— 250 ts baliq ovlanadi. Ziyamiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.