Kattatepa

Kattatepa — o’rta asr shahar xa- robasi (7-12-a.lar). Sherobod (Surxon- Daryo viloyati)dan 7 km. Jan.-g’arbda joy- lashgan. Mayd. 20 ga. Termiz viloyatidagi ilk o’rta asrlarga oid eng yirik shahar xarobasi hisoblanadi. K. 3 qism va ra- boddan iborat bo’lib, ularning barchasi mudofaa devori b-n o’rab olingan. Bu er- dan 7-a. oxiri — 8-a. 1-yarmiga oid spool parchalari topilib, ularda Qur’on oyatla- ri bitilgan. E.V.Rtveladzening fikri- cha, K. o’rnida ilk o’rta asrlarda Xushvarog’ sh. joylashgan. Xushvarog’atrofi 3 qator mudofaa devorlari b-n o’ralgan yirik shahar bo’lib, arablar istilosidan AV- val Sheroboddaryo havzasidagi Kufton rustoqining markazi hisoblangan. 5-8- a.larda shaharning o’z zarbxonasi bo’lib, faqat Sheroboddaryo havzasida muomala- da bo’lgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. 8-a.ning 1-yarmida Xushvarog’sh. arablar tomonidan vayron qilingan, Le- kin bir oz vaqtdan so’ng, Abu Muslim dav- rida Hoshimgird nomi b-n qayta tiklan- gan. 11 — 12-a. manbalarida Hoshimgird qayd etilmagan. K.dagi hayot bu davrga kelib so’ngan, uning aholisi esa Shero- bod atrofidagi Kushonlar davriga oid Kofirqal’a shahar xarobasi arki o’rnida vujudga kelgan yangi qishloqqa ko’chgan. Ad.: Kamaliddinov Sh.S., Istoriche- skaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxari- Stana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.