Katun
Katun — Rossiya Federatsiyasining Oltoy o’lkasidagi daryo. Biysk shahridan 19 kilometr Janubi-g’arbda biya daryosi bilan qo’shilib, Ob daryosini hosil qiladi. Uzunligi 688 kilometr, havzasining maydoni 60,9 ming km2. Beluxa tog’ining Janubiy yon bag’ridagi muzlikdan boshlanadi. Yuqori oqimi tog’lar orasidan oqadi. O’rtacha yillik suv sarfi 630 m3/ sekund. Dekabrda muzlab aprelda muzdan bo’shaydi. Irmoqlari: Argut, Chuya, Ko’ksuv, Sema. Yog’och oqiziladi.