Katxiyavar

Katxiyavar — Hindiston g’arbidagi yarim Orol. Arabiston dengizining Kambey va Kach qo’ltiqlari oralig’ida (dengizga 200-250 kilometrgacha kirib borgan). Maydoni 40 ming km2dan ziyod. Relyefining aksar qismi tekislik, Markaziy qismida bazalt va gneysli plato va qator tepalar (eng baland joyi 1117 metr) bor. O’simlik dunyosi savanna va siyrak o’rmonlardan iborat. Milliy Park tashkil etilgan.