Kautskiy (Kautsky) Karl
Kautskiy (Kautsky) Karl (1854.16.10 — 1938.17.10) — Germaniya sosial-demokratiyasi, 2-Internasional etakchilari va nazariyotchilaridan biri. 1883— 1917 y.larda Germaniya sosial- demokratiyasi nazariy jur. «Noye tsayt» muharriri. 19-a. 80-y.larida va 20-a. boshlarida marksizm ruhida asarlar yozgan, 1885-90 y.larda F. Engels b-n hamkorlik qilgan. Ammo keyinchalik, 1905 y.dan boshlab radikal markschilar (R.Lyuksemburg va b.)ga qarshi keskin kurash boshladi. 1-jahon urushi bosh- langanidan so’ng marksizmdan tamoman voz kechdi. Qurolli kurashni emas, balki parlament usulidagi kurashni ijtimoiy inqilobning omili deb bildi. K. Ros- siyadagi oktyabr to’ntarishiga, proleta- riat diktaturasi o’rnatilishiga qarshi chiqqan.