KAVALERI PRINTSIPI

KAVALERI PRINTSIPI — tekislikdagi figuralar yuzini, fazodagi jismlar hajmini o’lchashga zid printsip. Unga ko’ra: 1) ikkita yassi figura parallel to’g’ri chiziqlar bilan kesishganda bir-biriga teng vatarlar hosil bo’lsa, bu ikki figuraning yuzi o’zaro teng bo’ladi; 2) fazodagi ikki jism parallel tekisliklar bilan kesishganda yuzlari bir-biriga teng kesim (figura)lar hosil bo’lsa, bu ikki jismning hajmi o’zaro teng bo’ladi. Bu printsip aslida teorema bo’lib, uni Galileyning shogirdi italyan matematigi B. Kavaleri isbotlagan. Kavaleri printsipi yunon matematiklariga ma’lum bo’lib, uni isbotsiz qabul qilgan holda qo’llaganlar.