KAVASAKI

KAVASAKI — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolida. Kanagava prefekturasida. Aholisi 1,2 million kishi (1995). Tokio va Yokoxama shaharlari bilan Kanto Industrial rayoni markazini tashkil etadi. Tokio qo’ltig’idagi dengiz porti (yillik yuk ortib tushirish 80 millin tonna). Yaponiyaning eng katta kemasozlik va kema ta’mirlash markazi. Mashinasozlik (elektronika, telekommunikasiya uskunalari, vacuum priborlari), qora va rangli Metallurgiya, avtomobilsozlik, og’ir energetika mashinasozligi, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, neft-kimyo kombinati, etilen zavodlari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Tsement, o’tga chidamli materiallar, atom sanoati uchun uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.