KAVATINA
KAVATINA (italyancha) -1) 18-asrda opera va oratoriyada yakkaxon ijrosiga mo’ljallangan qisqa lirik ashula. Shaklining oddiyligi va kuyning qo’shiqsimonligi bilan Ariyadan farq qiladi (masalan, A. Kozlovskiyning «Ulug’bek» operasidagi Xitoy elchisi Kavatinasi); 2) 19-asrning 1-yarmida bosh rol ijrochisi — yakkaxonning sahnaga chiqish ariyasi (M. Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasidagi Lyudmila Kavatinasi); 3) ba’zida shaklan kichik, kuychan cholg’u pyesa.