KAVENDISH TAJRIBASI
KAVENDISH TAJRIBASI — yerning gravitatsion tortishish doimiysi uni aniqlash tajribasi. Bu tajribani 1798 yilda birinchi bo’lib G. Kavendish o’tkazgan. Kavendish tajribasida massalari aniq o’lchangan, bir-biriga teng, gorizontal sterjenga mahkamlangan va kvars ipga osilgan qo’rg’oshin sharchalardan iborat qurilmadan foydalanilgan. Har birining massasi M bo’lgan ikkita qo’rg’oshin sharcha t massali sharchalar yaqiniga keltiriladi. Kavendish tajribasida t = 730 g = 0,73 kg; M = 158 kg. M va t orasidagi gravitasion tortishish sterjenni aylanishga majbur qiladi va kvars ip buraladi. Ipning bu- ralish momentidan tortishish kuchi va t bilan M massalar orasidagi masofa aniq o’lchab olinadi. Natijada u formuladan yerning gravitatsion doimiysi topiladi. Kavendish tajribasi bir necha marta qaytarilib, u = 6,685-10-» sm3/GX2 ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu tajribaga asoslanib yer va D» 2. boshqa sayyoralar massasi aniqlanadi.